Foto: Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda uning odob-axloq qoirdalariga zid ravishda tasvirga olingan videosi tarqalib, jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab boʻlgani tufayli Instagramda “Sevinchka” taxallusi ostida ijod qiluvchi bloger besh sutkaga qamalgani xabar berilgandi.
Bloger sudga apellyatsiya arizasi bilan chiqib, o‘z arizasida qilmishidan pushaymonligini bildirgan va sud tomonidan tayinlangan jazoni yengillashtirishni so‘ragan.
15-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining sudlov hay’ati jinoyatchining shikoyatini ko‘rib chiqib, jazoni yengillashtirdi va ma'muriy qamoqqa olish 5 sutkadan 4 sutkaga qisqartirgan edi.
Biroz vaqt o'tib u tungi klubda odamlar ustidan pul sochgani uchun jarimaga ham tortildi.
Foto: Instagram
Ayni vaqtda Sevinch Sa'dullayeva Dubayda bo'lib turibdi. U o'zining Instagramiga mashhur oshpaz Nusret bilan birga tushgan rasmini joylashtirdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling