Foto: m.123ru.net
Afgʻoniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Shermuhammad Abbos Stanekzay “Tolibon” barcha fuqarolarga, xususan, ayollar va qizlarga ish va taʼlim olish imkoniyatini berishini bildirdi, deb xabar bermoqda Afgʻoniston axborot agentligi TOLO news.
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yuqori baholadi.
“Islom Amirligi hukumati mamlakatdagi barcha afgʻon opa-singillar va birodarlar uchun islom formati, afgʻon anʼanalari va shariat asosida ishlash va hattoki taʼlim olishlari uchun imkoniyatlar yaratmoqchi. Bu yoʻnalishda ish olib borilmoqda va biz bu yaqin kelajakda amalga oshishiga umid qilamiz”, — dedi u.
Iqtisodiyot vazirligining maʼlum qilishicha, ijtimoiy-iqtisodiy sohada kamida 260 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda.
“Islom Amirligi tashkilotlar faoliyati uchun turli imkoniyatlar yaratib bergan va bu borada ular bizning eʼtiborimiz markazida boʻlib turibdi”, — dedi iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Abdullatif Nazariy.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling