Uzbekistan Airways Airbus'dan 12 ta yangi samolyot sotib oladi

Uzbekistan Airways yangi samolyotlardan yoʻnalishlar tarmogʻini yanada kengaytirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Uzbekistan Airways Airbus aviaqurilish kompaniyasi bilan A320neo oilasiga tegishli 12 ta samolyot (sakkizta A320neo va toʻrtta A321neo) xarid qilish uchun shartnoma imzoladi.

Maʼlum qilinishicha, yangi avialaynerlar aviakompaniyaning bugungi kunda 17 ta Airbus A320 oilasiga tegishli havo kemalaridan iborat aviaparkiga kelib qoʻshiladi. Yangi shartnoma doirasida dvigatellarni tanlash keyinchalik aviakompaniya tomonidan buyurtma qilinadi.

Yang samolyotlar Airbus Airspace saloniga ega boʻlib, u yoʻlovchilarga havo transporti bozorida yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. Uzbekistan Airways yangi samolyotlardan yoʻnalishlar tarmogʻini yanada kengaytirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.

“Airbus bilan imzolangan shartnoma aviakompaniya parkini modernizatsiya qilish strategiyamizning yangi bosqichi boʻlib, yoʻlovchilarga eng zamonaviy va qulay havo kemalarini taklif qilishni davom ettirishga imkon beradi. Shu bilan birga, A320neo oilasining ushbu havo kemalari bizga Markaziy Osiyo mintaqasidagi mavqeyimizni yanada yaxshilashga va mintaqa ichida ham, undan tashqarida ham parvozlar xaritasini sezilarli darajada kengaytirishga yordam beradi”, — degan Uzbekistan Airways boshqaruv raisi.

“Uzbekistan Airways bilan hamkorligimiz 1993-yilda boshlangan. Aviakompaniya aviaparkini kengaytirish uchun yana A320neo oilasiga mansub havo kemalarini tanlagani katta sharaf. Biz Markaziy Osiyo mintaqasida aviatashuvlar bozori qanday rivojlanayotganini kuzatyapmiz. A320neo oilasining zamonaviy va samarali havo kemalari Uzbekistan Airways kompaniyasiga ushbu oʻsishdan foyda olish va mintaqada yetakchi rollardan birini egallash imkonini beradi”, — Airbus kompaniyasi bosh tijorat direktori Kristian Sherer.

A320neo oilasi yonilgʻi tejamkorligi CO2 (karbonat angidrid) chiqindilarining kamida 20 foizini taʼminlaydigan yangi avlod dvigatellari va Sharklets kabi soʻnggi texnologiyalarni oʻz ichiga oladi. 130 dan ziyod mijozlarning 8600 dan ortiq buyurtmalarini olgan A320neo oilasi dunyodagi eng mashhur havo kemasi hisoblanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling