Foto: Telegram
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 23-yanvar kuni soat 16:30 atrofida Toshkent tumani TTYB xodimlari (shifokor va feldsher) xizmat vaqtida kelib tushgan chaqiruvga asosan, tumandagi “Qoraboʻriq" MFYga yetib borgan.
Aniqlanishicha, yiqilib tushib, jarohat olgan bemor (ayol)ga tez tibbiy yordam xodimlari birinchi tibbiy yordam koʻrsatayotgan vaqtlarida, ayolning 1999-yilda tugʻilgan oʻgʻli Oʻ.A kirib kelib, ayol hamshira kelmaganligi uchun janjal koʻtargan. Shunga qaramay tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajarib, zaruratga koʻra bemorni shifoxonaga olib borgan.
Shu vaqtda bemorning oʻgʻli kelib, tushuntirishlarga qaramay janjalni davom ettirgan va 1993-yilda tugʻilgan feldsher U.U.ni qoʻllari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
IIBB axborot xizmatining xabariga koʻra, hozirda 24 yoshli fuqaro Oʻ.A. IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Toshkent tumani IIB tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling