Surxondaryoda ikki shaxs shifokorni kaltakladi — video

Bir fuqaro shifokor bilan janjallashayotgan vaqtida boshqasi orqadan kelib, shifokorning yuziga zarba bergan

Videodan lavha

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqda bir kishi tez tibbiy yordam shifokori bilan janjallashayotgani, yana boshqa fuqaro esa shifokorni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan maʼlum berdi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 9-yanvar kuni 14:30 larda sodir boʻlgan. Fuqaro Boysun tumani “Kosiblar” mahallasida joylashgan Boysun tumani tibbiyot birlashmasida shifokor vazifasida ishlovchini urishi natijasida shifokor tan jarohati olib yerga yiqilgan.

Ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari vaqtida fuqarolarga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi va ekspertiza xulosasiga koʻra shifokorning olgan tan jarohati “yengil” tan jarohati deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan ikki nafar shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-modda 2-qismining “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling