Videodan kadr
Surxondaryoda Labo kanalga tushib ketishi oqibatida haydovchi halok bo'ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 1-yanvar kuni soat 20:00 larda 33 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Labo Angor tumanidagi “Zang” kanalidan oʻtuvchi koʻprikdan qulab tushgan. Haydovchi esa voqea joyida halok boʻlgan.

Videodan kadr
Hodisa masʼullar tomonidan oʻrganilganda, haydovchi mast holda boʻlgani, kanaldan oʻtuvchi koʻprik talabga javob bermasligi hamda yoʻl belgilarining sifati yaxshi emasligi aniqlangan.