Andijonda ayol yuk mashinasi bosib ketishi oqibatida vafot etdi

Koʻrsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

Videodan kadr

Videodan kadr

2-fevral kuni soat 15:30 larida Andijon tumanidagi “Qoratut” mahallasi hududida yuk mashinasi 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Bu haqda Milliy TV telekanalining “Millar” dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, yuk avtomobili haydovchisi qayrilib olayotgan vaqtida yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan fuqaroni urib yuborgan. Piyoda chap oyoq boldir qismi va bosh suyagining yopiq sinishi tan jarohati bilan shifoxonaga olib borilgan.

Biroq koʻrsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

“Piyoda uyiga yaqinroqligi uchun ushbu yoʻlni kesib oʻtgan. Haydovchi chap tomondan oʻtayotgan piyodani koʻrmay qolgan”, — dedi viloyat YHXB xodimi Saidulloh Dadaboyev.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling