Yolg'on axborot tarqatgan tez tibbiy yordam haydovchisi ogohlantirildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida ularga nisbatan sud yuritilgan maʼmuriy ish koʻrib chiqildi

Videodan lavha

Videodan lavha

Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam xizmati haydovchilariga jarimalar kelayotganini aytib murojaat qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Holat yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 202-2-moddasi (yolgʻon axborot tarqatish) 2-qismi boʻyicha Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi maxsuslashtirilgan avtoxoʻjaligi haydovchisi va  Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi maxsuslashtirilgan avtoxoʻjaligi mexanigiga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish koʻrib chiqildi.

Aniqlanishicha huquqbuzar haydovchi Toshkent shahar IIBB YHXBdan yuborilgan tez tibbiy yordam avtomashinalari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun tayinlangan qarorlarda belgilangan jarimalarni tez tibbiy yordam haydovchilarining oyligidan olinib qolinayotganligi xaqida yolgʻon maʼlumotlarni tarqatgan. Shu sababli tez tibbiy yordam xizmati mashinalari chaqiruvga oʻz vaqtida yetib borilmasligida ularni ayblamasliklarini aytib, yolgʻon axborot tarqatgan.

Haydovchi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 202-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi va MJtKning 21-moddasi (huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish)ga asosan maʼmuriy javobgarlikdan ozod etildi va ogohlantirildi.

Avtoxo'jalik mexanigining harakatlarida MJtKning 183-moddasi va 202-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar alomatlari yoʻqligi sababli unga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish MJtKning 271-moddasi 1-bandiga (ma'muriy huquqbuzarlik tog'risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) asosan harakatdan tugatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling