Foto: Ijtimoiy tarmoq
Toshkent shahar IIB YHXB Matbuot xizmatining xabariga koʻra, 2023-yil 26-mart kuni soat taxminan 21:00 larda Shota Rustaveli koʻchasidagi Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi qarshisida 2002-yilda tugʻilgan A.Sh. Malibu-2 rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, rul boshqaruvini yoʻqotishi sabab mashina yoʻl chetidagi toʻsiqqa urilgan. Natijada, yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Avtomashina yoʻlovchisi 2006-yilda tugʻilgan A.A.ga shifokorlar tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling