23-yanvardan eʼtiboran barcha oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun dars mashgʻulotlari anʼanaviy tarzda boshlanadi, deb xabar bermoqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan oʻquv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishi uchun avia hamda temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 23-yanvarga qadar uzaytirilgan.
Taʼlim muassasalarida taʼtil 9-yanvargacha davom etishi, oʻqish 10-yanvarda boshlanishi kerak edi, ammo anomal sovuq tufayli taʼtil vaqti bir necha bor uzaytirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling