O'zbekistonning qaysi hududlarida dars 11-yanvardan boshlanishi ma'lum bo'ldi — ro'yxat

Toshkent shahrida darslar boshlanishi haqidagi rasmiy e'lonlar juda tushunarsiz

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Bugun kamida 9 ta hududdagi maktablarda darslar boshlanishi ma'lum bo'ldi. Biroq ayrim hududlardagi e'lonlar hamon tushunarsizligicha qolmoqda.

11-yanvardan boshlab poytaxtdagi umumtaʼlim maktablarida ularning sharoiti, ishlashga tayyorligiga qarab, bosqichma-bosqich oʻquv jarayonlari boshlanadi.

Bu haqda 10-yanvar kuni kech soat 22:47da maʼlum qilgan shahar hokimligiga koʻra, darslar qachon boshlanishini maktablar rahbariyati ota-onalar kengashi bilan kelishgan holda hal qiladi.

Hokimlik bayonotidagi bu ikki abzas bir-biriga zid: 11-yanvardan darslar boshlanishi aytildi, lekin qaysi maktablarda boshlanishiga aniqlik kiritilmadi – qanday qilib ota-onalar 11-yanvardan darsni boshlash haqidagi qarorga kelishlari mumkin, axir 10-yanvar deyarli tugagan.

Pala-partish va chala eʼlon qilingan rasmiy eʼlonlarga koʻra, 11-yanvardan boshlab:

  • Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi barcha maktablarda;
  • Namangan, Samarqand va Surxondaryodagi aksariyat maktablarda;
  • Jizzaxdagi maktablarning 25 foizida;
  • Toshkent shahri va Qashqadaryoda ham maktablar 11-yanvardan ochiladi, lekin rasmiy eʼlonlar juda tushunarsiz;
  • Qoraqalpogʻistondagi maktablarda III chorak 12-yanvardan, Fargʻona viloyatida 16-yanvardan boshlanadi;
  • Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida taʼtil qachongacha davom etishi haligacha aniq emas.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling