Samarqandda ommaviy norozilik o'tkazilgani aytilgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma'lumot berildi

 IIBning qayd etishicha, ushbu xabar va maʼlumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi

Videodan kadr

Videodan kadr

Samarqand viloyati IIB Yangi yil bayrami kuni ommaviy norozilik uyushtirilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Yangi yil bayramini nishonlash, shu kuni oʻtkaziladigan chiqishlarni tomosha qilish uchun koʻchaga chiqqan koʻp sonli fuqarolar ommaviy norozilik uyushtirgani aytilgan xabarlar tarqalmoqda.

Viloyat IIBning qayd etishicha, ushbu xabar va maʼlumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

“Koʻp sonli fuqarolar 31-dekabr kuni koʻchaga bayram tadbirlarini tomosha qilish uchun yigʻilishgan. Bayram tadbirlari yakunlangach uylariga tarqalishgan”, deyiladi munosabatda.

Taʼkidlanishicha, bayram tadbiri vaqtida qora rangli Mercedes-Benz rusumli avtomobil egasi ham xavfli harakatlar bilan “drift” qilgan holatni koʻrish mumkin. Ushbu fuqaroning shaxsi aniqlanib, uning harakatlariga qonunda belgilangan tartibda huquqiy baho berish choralari koʻrilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling