Foto: Teznews
Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatildi. Energetika vazirligi holatga izoh berdi.
Qayd etilishicha, Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelgan. Buning natijasida Jizzax viloyatining Forish, Zafarobod va Sh.Rashidov, Navoiy viloyatining Nurato, Tomdi va Uchquduq tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat, Buloqboshi va Asaka tumanlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida ushbu tumanlarning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda.
Maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda va tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr taʼminoti toʻliq tiklanishi aytiladi.
Qoʻshimcha qilinishicha, Andijon viloyatidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik bertaraf etilgan.
“Ayni paytda ushbu viloyat hududlarining elektr taʼminoti toʻliq tiklandi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling