Toshkentda 11 sinf oʻquvchisi sinfdoshini pichoqlab qoʻydi

Uch nafar sinfdoshlar oʻrtasida janjal kelib chiqqan. 17 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Illyustratsiya

Illyustratsiya

Toshkentda sinfdoshlar oʻrtasida kelib chiqqan janjal pichoqbozlik bilan tugadi. Bu haqda  Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Joriy yilning 21-fevral kuni soat taxminan 11:20 larda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida yashovchi 2006-yilda tugʻilgan M.A. avvalgi oʻqigan maktabi — Chilonzor tumanidagi 162-sonli maktabga baholar tabelini olish maqsadida kelgan.

M.A. sinfdoshlari bilan oʻtirgan vaqtida sinfdoshi 2005-yilda tugʻilgan R.I. M.A.ni tashqariga chiqishini aytgan, chiqqandan soʻng maktabga “nega meni ruxsatimsiz kelasan”, deb zoʻravonlik qilib, unga tarsaki tushirgan.

Shu payt M.A.ning oʻrtogʻi 2005-yilda tugʻilgan S.A. ularni ajratmoqchi boʻlgan vaqtida R.I. uni ham urgan. Shundan soʻng, S.A. yonida boʻlgan pichoq bilan R.I.ning qorin qismiga tan-jarohat yetkazgan. R.I. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, R.I.ga “Qorin old devorini teshib kiruvchi kesilgan-sanchilgan jarohati” tashxisi qo'yilgan.

Mazkur holat boʻyicha S.A.ga nisbatan JKning 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling