Foto: peoplenews.uz
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar qilishicha, 23-yanvar kuni Dili.me nomi bilan tanilgan bloger Oʻ.D. sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan oʻzining singlisining turmush oʻrtogʻi P.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan boʻyin tovlab kelgan.
Shu sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan boʻlib, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida Oʻ.D. 10-mart kuni ushlangan hamda tergovga jalb qilingan.
Hozirda Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling