Foto: Telegram/@KoDnu
Toshkent shahrida 94-sonli avtobus orqa oynalari singan holda yoʻnalishga chiqqani eʼtirozlarga sabab boʻldi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, “7-avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01|129 YFA boʻlgan, MAN rusumli, 94-sonli yoʻnalishida xizmat koʻrsatuvchi ushbu avtobus 2018-yil ishlab chiqarilgan boʻlib, tasarruf boshidan buyon 346 115 km masofani bosib oʻtgan.
Dastlabki maʼlumotga koʻra, 94-sonli avtobus haydovchisi Sh. Sh. avtobus saroyi hududida oʻziga biriktirilgan avtobusni orqa oynasini ehtiyotsizlik oqibatida sindirib olgani maʼlum boʻldi. Shuningdek, oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgani va avtobusni nosoz holatda yoʻnalishga chiqargani uchun navbatchi mexanik Sh. S. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bundan tashqari “7-Avtobus saroyi” bosh muhandisiga xayfsan intizomiy chorasi koʻrildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling