UZCARD’ni endi Smart Business’dan ex. UZKASSA P10 terminali orqali qabul qilish mumkin

Qurilmani oʻrnatish bir necha daqiqa vaqt oladi.

Oʻzbekistonda naqdsiz toʻlovlar ulushi 2024-yilda 40%ni tashkil etdi. Smart Business’dan P10 qurilmasi UZCARD va boshqa toʻlovlarni qabul qilish imkonini beradi.

Ilgari UZCARD qabul qilishni istagan tadbirkorlarda tanlov yoʻq edi — qurilmalar funksional boʻyicha cheklangan edi. Endi biznesda muqobil tanlov bor: Smart Business (ilgari — UZKASSA) kompaniyasi universal P10 terminalini ishga tushirdi, u bir qurilmada POS va onlayn-kassani birlashtiradi hamda barcha taniqli toʻlov usullari, jumladan, UZCARD tizimini qabul qiladi.

P10 — yangi avlod terminali

P10 bu — alohida kassa, terminal yoki “ikkitasi birda” rejimida ishlatilishi mumkin boʻlgan qurilma. Hammasi biznesning maqsadiga bogʻliq.

Qurilmani oʻrnatish bir necha daqiqa vaqt oladi. Qurilma hatto aloqa yaxshi ishlamayotgan joyda ham amal qiladi: 2G/3G/4G tarmoqlari bilan ishlaydi, oʻrnatilgan akkumulyator esa qurilmaning 24 soatgacha avtonom ishlashini ta’minlaydi.

Nega tadbirkorlar P10’ni tanlaydi:

– Ish tezligi hamda fiskal va terminal cheklarni chop etish tezligi yuqori.

– UZCARD va HUMO kartalari boʻyicha simsiz toʻlovlarni qabul qiladi.

–2G/3G/4G tarmoqlarida yaxshi ishlaydi.

– Qayta quvvatlantirishsiz 24 soatgacha ishlaydi.

– Visa, Mastercard, UnionPay kartalarini qabul qiladi.

– СБП orqali Rossiya kartalarini qabul qiladi.

– A-Pay, Payme, Oson, Paynet va boshqa ilovalar orqali QR-toʻlovlar mavjud.

Ilgari UZCARD’ni faqat Yagona QR orqali qabul qilish mumkin boʻlgan boʻlsa, hozir tadbirkor oʻziga qulay usulni tanlashi mumkin: NFC, karta yoki QR. Qurilma savdo nuqtasining oʻziga xosliklariga moslashadi.

Barcha biznes formatlari uchun universal yechim

P10 quyidagi tadbirkorlar uchun ayniqsa dolzarb:

– turli formatlarda toʻlov qabul qiladi va hammasi bir qurilmada boʻlishini xohlaydi;

– eskirgan qurilmaning oʻrniga yangisini izlayapti;

– biznesni kengaytirmoqchi va bir ta’minotchiga qarab qolishni xohlamaydi;

– chakana savdo, HoReCa, yetkazib berish yoki xizmat koʻrsatish sohalarida ishlaydi.

Ammo muhimi, P10 bu — Smart Ecosystem tizimining bir qismidir. U bilan tadbirkor nafaqat qurilmani qoʻlga kiritadi, balki har bir bosqichda yordam oladi:

– biznesni roʻyxatdan oʻtkazishda yordam;

– onlayn-kassani sozlash va fiskallashtirish;

– ombor va tovar hisobini yuritish;

– Asl Belgisi markirovka tizimi bilan integratsiya;

– 24/7 texnik qoʻllab-quvvatlash;

– butun mamlakat boʻylab 90 dan ortiq ofislar tarmogʻi.

Yangisiga oʻtish vaqti keldi

Hozirgi xaridor oddiylikni ma’qul koʻradi. U xarid uchun odatiy usulda — tez va ortiqcha harakatlarsiz toʻlov qilishni istaydi. Agar terminalingiz buni ta’minlay olmasa — siz nafaqat hayotingizni qiyinlashtirasiz, balki daromadingizni ham yoʻqotasiz.

P10 от Smart Business’dan yangi P10 terminali bu — istalgan toʻlovni cheklovlarsiz qabul qilish imkoniyati. Ulanish uchun juda kam vaqt ketadi, qurilmani muddatli toʻlovga ortiqcha xarajatlarsiz xarid qilish mumkin.

Savollaringiz qoldimi? Smart Business maslahatchilari sizga istalgan bosqichda yordam beradi.

Sayt: smartpos.uz

Telefon: +998 (71) 200-30-50

Telegram: @smartpos_uz

Reklama huquqi asosida

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling