Foto: IIB
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida yashovchi fuqaro oʻz yotoqxonasida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani fosh etildi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yilning 04-fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Tepaqoʻrgʻon mahalla hududida yashovchi H.N.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling