Foto: Open source
“Tolibon” harakati butun Afgʻoniston boʻylab marixuana yetishtirishni taqiqladi. Bu haqda Tolibon oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda imzolagan farmonda aytiladi.
Afgʻoniston dunyodagi eng yirik afyun ishlab chchiqaruvchilardan biri hisoblanadi. 2009-yilda taqdim etilgan BMT ekspertlarining maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistonda nasha etishtirish uchun ajratilgan er maydoni 10 000 dan 24 000 gektargacha boʻlganligi taxmin qilingan.
Maʼlumot uchun, 2021-yilning avgust oyida AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqishi fonida “Tolibon” kuchlari hukumatga qarshi kurash boshlab, poytaxt Kobulni egallagan edi.
Shundan soʻng “Tolibon” muvaqqat hukumat tuzib, yangi hukumatni xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishi uchun siyosiy harakatlarni amalga oshirishini eʼlon qildi.
Shu vaqtga qadar “Tolibon” harakati xalqaro terrorchilarga qarshi kurashni kuchaytirib, mamlakatda narkotik moddalarni yetishtirishni taqiqladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling