Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati 1-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bosh shifokori vazifasini bajaruvchi va vrachlar maslahati komissiyasi raisi lavozimida ishlovchi shaxs pora bilan ushlandi.
Maʼlum qilinishicha, shifokor fuqarolardan biriga ruhiy holatida oʻzgarish boʻlgani sababli mehnatga layoqatsizligi haqida xulosa berish evaziga qariyb 400 AQSH dollari berishni talab qilgan.
U buning uchun fuqaro dispanserda yotib davolanganligi toʻgʻrisida kasallik tarixini toʻldirib, ruhiy kasal sifatida roʻyxatga qoʻygan.
Aslida fuqaro dispanserga kelmagan boʻlsa ham, shifokor rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirib, xizmat xonasida ishlov berilgan 4,3 mln soʻm pullarni olayotgan vaqtida qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling