Videodan kadr
Bugun, 22-fevral kuni bloger Abduqodir Moʻminov tergovda soʻroq qilinayotgan vaqtda vafot etgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Bu haqda Uznews" xabar berdi.
“Bu yolgʻon xabar. Bloger Abduqodir Moʻminovning sogʻligʻi joyida”, — dedi IIV matbuot xizmati rahbari Shoxrux Gʻiyosov.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 8-fevral kuni bloger Abduqodir Moʻminov firibgarlik va tovlamachilikda gumonlanib qoʻlga olingani haqida xabar bergan edik.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling