Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda havo harorati noldan past bo'lganligi sababli yangi yo'lovchi avtobuslarining dvigatellari muzlab qoldi

Kompaniya fuqarolarning jamoat transportida kutish vaqtini qisqartirish maqsadida yoʻnalishlarga qoʻshimcha 20 ta MAN turistik avtobuslari chiqarilgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda sovuq havoning uchinchi kunida avtobuslar odatdagidan uchdan bir qismga kamaygani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan “Toshshahartransxizmat” rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, havo haroratining -20 darajagacha keskin pasayishi tufayli yaqinda xarid qilingan katta sigʻimli avtobuslarda dvigatellar ishlamay qolgan.

“Shu sababli 12-yanvar kuni avtobuslarning poytaxtga kelishida 30-35 daqiqaga kechikishlar kuzatildi. Zavod mutaxassislarining tezkor ishlari tufayli texnik nosozliklar bartaraf etildi va avtobuslar yoʻnalishlarga chiqdi”, — deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, kompaniya fuqarolarning jamoat transportida kutish vaqtini qisqartirish maqsadida yoʻnalishlarga qoʻshimcha 20 ta MAN turistik avtobuslari chiqarilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling