Foto: Repost.uz
Toshkentning ayrim koʻchalarida avtotransport vositalari uchun belgilangan tezlik 70 km/soatdan 60 km/soatga tushirildi. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni 2023-yil 17-yanvar kuni tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, yangi qoidalar hujjat qabul qilingan kundan boshlab - 17 yanvardan amal qila boshladi.
Masalan, poytaxtda yuqoridagi cheklov Kichik halqa yo‘li ichidagi barcha ko‘chalarga tatbiq etiladi.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham tezlik chegarasi kuchga kirdi. Ko'chalarning to'liq ro'yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.