Foto: Repost.uz
Oʻzgidromet xabar berishicha, joriy yil mart oyining birinchi oʻn kunligida havo harorati kunduz kunlari +17...+22, ayrim kunlarda +24...+27 daraja iliq, janubda va choʻl hududlarda +29 daraja iliq boʻladi.
5-6-mart kunlari va oʻn kunlik oxirida respublikaning baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Yomgʻir paytida kunduzgi havo harorati biroz pasayadi, bunday holatga qaramay, mart oyining birinchi oʻn kunligi meʼyordan nisbatan iliqroq boʻladi.
Mart oyining ikkinchi va uchinchi oʻn yilliklarida harorat kechalari +7...+12 daraja iliqdan 0...+5 daraja iliqgacha (baʼzi joylarda -2 daraja sovuq boʻlishi mumkin), kunduz kunlari +20...+25 darajadan +10...+15 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarning ayrim kunlarida (har bir oʻn kunlikda 1-3 kundan) asosan yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling