Qashqadaryoda tug'ilganidan bir necha daqiqa oʻtib halok bo'lgan chaqaloq bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi

Mazkur holat Shahrisabz shahar sudida koʻrib chiqilmoqda

Foto: www.huaglad.com<br>

Foto: www.huaglad.com

2022-yilning yoz oyida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tugʻilgan chaqaloq bir necha daqiqa oʻtgach vafot etgan etgan. Bu haqda Milliy telekanalining “Millar” informatsioj dasturi xabar bermoqda.

Onasining soʻzlari koʻra, chaqaloq sogʻlom tugʻilgan va u qimirlagan, onaga ham hech qanday yordam koʻrsatilmagan. Shifokorlarga nega qaramayapsizlar desa yoʻq u oʻlik tugʻildi deya bir-biri bilan gaplashib ketgan. Ona alam bilan birinchi yordam koʻrsatmadi demoqda.

Maʼlum qilinishicha, oʻlgan chaqaloqni kelinning qaynonasi videoga olgan boʻlgan. Videoda chaqaloqning burun va ogʻiz qismidan qon oqqanligi hamda qonni toʻxtatish uchun paxta bilan berkitib qoʻyganini koʻrish mumkin.

Kelinning qaynonasini soʻzlariga koʻra, chaqaloqni morkka oʻtkazishdan oldin uning bu qonlarini artib, shifokorlar hech narsa boʻlmaganday ish tutgan. Ayol tugʻruq jarayonida qatnashgan shifokorlarga jazo berilishini soʻragan.

Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi masʼul xodimining maʼlum qilishicha, chaqaloq haqiqatdan ham tirik tugʻilgan. Shifokorning soʻzlariga koʻra, ayolga kamqonlik diagnozi qoʻyilgan. Bundan oldin ham ayoldan suv ketib, shifoxonada yotib davolanib chiqib ketgan. Shifokorlarimiz bor imkoniyatini ishga solgan deydi shifokor. Lekin saqlab qolisholmagan.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat Shahrisabz shahar sudida koʻrib chiqilmoqda. Barcha shifokorlarga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling