Foto: Teznews
Xorazmda 8-sinf oʻquvchi qiz zoʻrlandi. Uni zoʻrlagan erkaklar 11 kishi boʻlishi mumkin. Bu haqda UzNews.uz xabar bermoqda.
Uning maʼlum qilishicha, 2022-yilning avgust oyida Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 15 yoshli jiyani 11 nafar erkak tomonidan zoʻrlangan.
Viloyat IIB tergov boshqarmasi bergan bayonotga koʻra, holat yuzasidan 2-sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 11 kishi gumonlanuvchi sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Jinoyat ishi yuzasidan sud-biologik ekspertizasi tayinlangan. Ammo, hozirga qadar ekspertiza xulosasi tayyor boʻlmagani sababli jinoyat ishining tergovi vaqtincha toʻxtatilgan.
Holat yuzasidan Ombudsman matbuot kotibi Fotima Madrahimova munosabat bildirdi.
Uning aytishicha, mazkur masala boʻyicha Bola huquqlari boʻyicha vakilga murojaat kelib tushgan. Shundan soʻng, Bolalar ombudsmani ushbu murojaatni joyiga chiqib oʻrgangan. Holat yuzasidan 3 nafar erkak hibsga olingan. Ammo, 11 nafar erkak zoʻrlagani haqidagi xabar hali aniq emas. Bu boʻyicha tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Oʻrganish natijalari boʻyicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborilgan.
IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov holat yuzasidan hujjatlar sudga berilgani, jinoyat ishi tafsilotlarini maʼlum qilolmasligini aytdi. Uning aytishicha, ish sudda koʻrilganidan soʻng maʼlumotlar ochiqlanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling