Bloger Farhod Mannopovning oʻlimi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Prokuratura “kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik” moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabariga koʻra, Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannopovning vafot etganligi yuzasidan tekshirish oʻtkazildi.

Holatga aloqador shaxslarni batafsil soʻroq qilish, qoʻp vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini oʻtkazmasdan qonuniy toʻxtamga kelish imkoni yoʻqligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tergov oʻtkazish yoʻli bilan qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Farhod Mannopovning oʻlimi 5-mart kuni ertalab vafot etgandi. Marhumning doʻstlarining soʻzlariga koʻra, u bir kun avval basseynda suzish chogʻida burnidan jarohat olgani sababli operatsiya qilingan. Operatsiya paytida u komaga tushib, oʻziga kela olmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling