Foto: Tez News
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida noqonuniy ovchilar ekologiya inspektoriga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2-yanvar kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumani ekologiya boʻlimi davlat inspektorlariga tumandagi Akmal Ikromov SIU hududida joylashgan fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan hududda noqonuniy ov qilish holatlari kuzatilayotgani va ushbu ovchilarga nisbatan qonuniy chora koʻrish haqida murojaat qilingan.
urojaatni oʻrganish maqsadida ikki nafar tuman ekologiya inspektorlari ushbu fermer xoʻjaligi hududiga 2-yanvar kuni taxminan 15:30 lar atrofida yetib borganda hududda oq rangli Nexia-1 da uch kishi ov qurollari bilan ov qilib yurgani aniqlangan.
Shundan soʻng inspektorlar ovchilardan tegishli hujjatlar soʻraganda, ular davlat inspektorlariga qarshilik koʻrsatib, hujjatlarni taqdim etmasdan mashinani haydab keta boshlagan.
Shundan soʻng, inspektorlardan biri mashina orqa eshigini ochib, ularni toʻxtatishga uringan. Lekin inspektorning qonuniy talabiga boʻysunmagan ovchilar inspektorni mashina saloniga tortib olib, Zafarobod tumaniga tomon haydab ketgan.
Ikkinchi inspektor esa avtomobil orqasidan kuzatib borgan va mashinaga chiqib olgan inspektor Zafarobod tumani markaziga tan jarohati yetkazilgan holda avtoulovdan tushirib qoldirilgani guvohi boʻlgan.
Xabarga koʻra, holat yuzasidan noqonuniy ovchilarning shaxsini aniqlash va ularga nisbatan qonuniy chora koʻrish uchun viloyat IIBga xabar berilib, jarohatlangan inspektor RSHTTYOM Jizzax viloyati filialiga tibbiy yordam koʻrsatish uchun olib kelingan.
Shuningdek, ayni kunda holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling