Sirdaryodagi ikki qavatli uyda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati<br>

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanidagi ikki qavatli uyda gaz portlashi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 15-yanvar kuni soat 14:50 da Xovos tumanida sodir boʻlgan. Unga koʻra, “Qahramon” MFYda joylashgan ikki qavatli binoning birinchi qavatida sodir boʻlgan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida ikkita xonadonning qurilish konstruksiyalariga shikast yetgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yongʻin-qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.

Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling