Surxondaryoning toʻrtta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Termiz, Angor, Jarqoʻrgʻon va Muzrabot tumanlariga yangi hokimlar keldi

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Nazarov Shuhrat Termiz tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Mardonov Qosim Esonovich Xalq deputatlari Angor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyatining Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Avazov Elmurod Roʻzimurodovich Jarqoʻrgʻon tumaniga yangi hokim etib tayinlandi.

U 2022-yildan buyon Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Savdo va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ismoilov Abdurashid Hudayarovich Muzrabot tumaniga hokim etib tayinlandi.

U shu kunga qadar tuman hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling