Foto: Uznews
Maʼlumotlarga koʻra, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga shu vaqtgacha qiymati 14,57 mln soʻmlik 8 ta sovgʻa hadya qilingan. Ularning barchasini agentlik direktori Akmal Burhonov qabul qildi.
Nizomga asosan, Agentlik xoʻjalik boʻlinmasi tomonidan sovgʻalarning bozor narxi savdo doʻkonlari, internet hamda boshqa manbalar va usullar orqali oʻrganilib, baholangan.
Jumladan, ulardan 4 tasi devorga osiladigan rasm boʻlsa, yana 4 tasi stol ustiga qoʻyiladigan suvenir.
Devorga osiladigan rasmlarni esa Ozarbayjon Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi (1,4 mln soʻm), Qozogʻiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori (1,45 mln soʻm), Tojikiston Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (1,6 mln soʻm va 2,5 mln soʻm) yuborgan.
Sovgʻalarning eng qimmati Misr Maʼmuriy nazorat idorasidan yuborilgan stol ustiga qoʻyiladigan suvenir boʻlib, uning qiymati 3,2 mln soʻmga baholangan. Afgʻoniston Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining suveniri qiymati boʻlsa 1,35 mln soʻmni tashkil etgan.
Devorga osiladigan rasmlarni esa Ozarbayjon Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi (1,4 mln soʻm), Qozogʻiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori (1,45 mln soʻm), Tojikiston Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (1,6 mln soʻm va 2,5 mln soʻm) yuborgan.
Eslatib oʻtamiz, sovgʻaning qiymati BHMning 4 baravaridan ortiqligi aniqlangan taqdirda, sovgʻa moliya-iqtisod boʻlinmasi tomonidan davlat organining balansiga kirim qilinadi va ulardan davlat organining ehtiyoji uchun foydalanishga ruxsat etiladi.
Sovgʻaning qiymati BHMning 4 baravariga teng yoki undan koʻp boʻlmagan miqdorda ekanligi aniqlangan taqdirda, sovgʻa davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi va u tomonidan oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etiladi.
Avvalroq, davlat fuqarolik xizmatchisi Oʻzbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovgʻa olishi mumkin. Oʻzbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovgʻa olish mumkin emas deb belgilangan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling