O'zbekistonda toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati uzaytirildi

Kontrakt to'lashning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Oliy o'quv yurtlarida kontrakt to'lovini to'lash muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022-2023 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.

Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadigan boʻlgani qoʻshimcha qilinmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling