Foto: Instagram
Sport gimnastikasi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina Bokuda oʻtayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichini ham medal bilan yakunladi. Oksana tayanib sakrash dasturida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Ikki urinish natijasiga koʻra, Oksananing chiqishi hakamlar tomonidan 13.433 ball bilan baholandi. Oʻzbekistonlik sportchi faqatgina fransiyalik Kolin Devallardan kamroq ball toʻpladi. Shu tariqa, sportchi qatorasiga uchinchi bor Jahon kubogida shohsupaga koʻtarilmoqda. Bundan avvalgi bosqichlarda u bronza medallariga sazovor boʻlgan edi.
Tayanib sakrash, ayollar:
Oltin: Kolin Devallar (Fransiya) – 13.683
Kumush: Oksana Chusovitina (Oʻzbekiston) – 13.433
Bronza: Linmin Yu (Xitoy) – 13.383
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling