Foto: IIBB YHXB
Yunusobodda “KIA K5” avtomobili toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketdi va unda yongʻin chiqdi. Bu haqda IIBB YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 16-yanvar kuni soat 00:20 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida sodir boʻlgan. Unga koʻra, Yangi shahar koʻchasida 31 yoshli haydovchi “KIA K5” rusumli transport vositasini yoʻl qatlami muzlaganini hisobga olmasdan boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi temir toʻsiqqa urilgan.
Natijada avtomobil agʻdarilib ketgan va unda yongʻin kelib chiqqan.
Sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling