Toshkent viloyatida ikki voyaga yetmagan bolani poyezd toki urdi

Bolalarning biri 20 foiz, ikkinchisi 80 foiz tana kuyishi bilan yotqizildi.

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Oʻzbekiston temir yoʻllari Matbuot xizmatining xabariga koʻra, joriy yilning 14-mart kuni soat 15:18 da Chinoz bekatida ikki bolakay poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olishgan.

Xavfli harakatlar natijasida 2013-yilda tugʻilgan M.I. va 2012-yilda tugʻilgan B.B. kontakt tarmogʻining elektr taʼminoti kuchlanishida tan jarohatlar olishgan. Ikkala yosh bola ham zudlik bilan kasalxonaga biri 20 foiz, ikkinchisi 80 foiz tana kuyishi bilan yotqizildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling