Kuni kecha "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ va "FPK" AJ (Rossiya temir yo‘llari) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Xususan, ikki davlat o‘rtasida yo‘lovchilar tashish qulayligini oshirishga qaratilgan tarif siyosati masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston delegatsiyasi "FPK" AJ Moskva filiali Moskva-Yaroslavl yo‘lovchi vagon uchastkasining yangi tezkor provodniklar zaxirasiga tashrif buyurdi.
Ekskursiya davomida mehmonlarga dam olish xonalari, VR-trenajyorlar bilan jihozlangan texnik yo‘riqnoma xonasi va boshqa xonalar ko‘rsatildi.