Samarqanddagi maktablardan birining hojatxonasiga kamera o'rnatildi

Holatga rasmiy izoh berildi. Maktab “zamdirektori”ga chora koʻrildi.

Videodan kadr / Kun.uz

Videodan kadr / Kun.uz

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi maktablarning biridagi hojatxonaga kamera oʻrnatilgani haqida xabar tarqaldi. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat Samarqand tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari tomonidan atroflicha oʻrganilgan. Oʻrganishlar davomida maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Sh. oʻgʻil bolalar hojatxonasida tozalikka rioya etilmayotganligi sababli, ularni tartibga chaqirish uchun hojatxonada (mulyaj) yaroqsiz kamera oʻrnatgani aniqlangan.

Ushbu kamera yaroqsiz boʻlib, tarmoqqa ulanmagan, oʻrganishlardan soʻng, uskuna olib tashlangan.

Maktabda shunday vaziyatga yoʻl qoʻyganligi uchun maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Sh.ga nisbatan MJtKning 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling