Videodan kadr
“Dok-1 Maks” qabul qilganidan keyin farzandlari vafot etgan oilalar kompensatsiya olishlari mumkin. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova maʼlum qildi.
“Zaharlanish sodir boʻlgan dori vositalari hujjat bilan tasdiqlansa, kompensatsiya toʻlash boʻyicha yuridik jarayonlar boshlanishi mumkin. Agarda kompensatsiyaning barcha summasi tasdiqlansa, gap-soʻzsiz toʻlab beriladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deydi u.
Maʼlumot uchun, “Dok-1 Maks” preparatini isteʼmol qilish natijasida vafot etgan bolalar soni 20 nafarni tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, “Dok-1 Maks” siropini Oʻzbekistonga olib kiruvchi “Quramax Medika” farmatsevtika kompaniyasining litsenziyasi bekor qilingan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling