Foto: Trend.az
Joriy yil 4-aprel kuni Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdoʻgʻon mamlakatda ishlab chiqarilgan “Togg” rusumli elektromobilning Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sovgʻa qilishini aytgan edi.
Ilhom Aliyev mazkur rusumdagi avtomobilni allaqachon qabul qilib olgan. Shavkat Mirziyoyevga kecha, 9-aprel kuni joʻnatilgan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon maʼlum qildi.
“Togg allaqachon mamlakat yoʻllarida. Ulardan biri mening birodarim, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga berildi. Shunday mashinalardan birini boshqa birodarim Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga joʻnatyapmiz. Oʻzbekiston Prezidenti yaqin kunlarda Turkiyaning ilk mahalliy elektromobili – «Togg”ni qabul qiladi», degan u.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling