Foto: Vodeodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda “Nexia-2” haydovchisi transport vositasiga miltillovchi chiroq oʻrnatganligi aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrganilgan. Olib borilgan tekshiruvlar davomida, haqiqatdan ham 30 yoshli haydovchi avtomobiliga ruxsat etilmagan qurilma yaʼni miltillovchi chiroq oʻrnatganligi aniqlangan.
Xabarga koʻra, ushbu qoidabuzarligi uchun unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 127-moddasi (Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni oʻrnatish qoidalarini buzish ) ikkinchi qismi muvofiq maʼmuriy bayonnoma tuzilgan. Avtomobil esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qoʻyilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling