Jizzaxdagi ovqatlanish shoxobchasida fuqarolar o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi

Holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda

Foto: Jizzax IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Jizzax IIB matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ovqatlanish shoxobchasida fuqarolar oʻrtasida mushtlashuv sodir boʻlgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 2022-yil 21-yanvar soat 21:00lar atrofida Zomin tumani Dashtobod shahri Oʻzbekiston mahallasidagi ovqatlanish shoxobchasida sodir boʻlgan.

Unga koʻra, mazkur shoxobcha yonida bir necha fuqarolar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv sodir boʻlgan. Mazkur kelishmovchilikka Beruniy mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroning yeyilgan taom uchun haq toʻlamaganliklari sabab boʻlgan.

Shu kuniyoq ayrim jabrlanuvchilar shifoxonada tibbiy yordam olgan.

“Oʻz navbatida holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Qonunbuzarlarga nisbatan tegishli tartibda chora koʻriladi”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling