Jahongir Ortiqxo'jayev yaqinlashib kelayotgan anomal sovuq munosabati bilan mas'ullarga bir qator topshiriq berdi

Hokim markaziy va ichki yoʻllarni qor va muzdan tezda tozalashni tashkil etish boʻyicha topshiriq berdi

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjaev yaqinlashib kelayotgan anomal sovuq sababli turli salbiy holatlarning oldini olishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Ortiqxoʻjayev mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi:

  • anomal sovuq kunlar davrida, oʻn kun davomida: 9 dan 18-yanvargacha shahar va tuman hokimliklarida, boshqarmalar va ularning tuman boʻlimlarida har qanday majlislar (jumladan Zoom shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlarni oʻtkazish taqiqlanadi;
  • vaziyatlarni boshqarish yuzasidan topshiriqlar telefon va onlayn aloqa tizimlari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi;
  • qolipli non ishlab chiqaruvchilarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini nazoratga olish;
  • oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalarning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
  • shahar jamoat transportining tizimli ishlashi choralarini koʻrish;
  • markaziy va ichki yoʻllarni tezkorlik bilan qor va muzlamalardan tozalashni tashkil qilish;
  • boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan koʻp qavatli uylar yoʻlaklarini qor va muzlamalardan oʻz vaqtida tozalashni taʼminlash;
  • elektr tizimida avariyalarni tezkor bartaraf etish;
  • tugʻruqxonalar, shifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik taʼminotini alohida nazoratga olish, ulardagi mavjud elektr generatorlarini yoqilgʻi bilan taʼminlash, toʻxtovsiz ishlashi uchun shay holatga keltirish;
  • favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2 kun muddatda jamoat joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qayta koʻrik-nazorat tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlash;
  • aholini jamoat transportidan foydalanishiga keng imkoniyatlar yaratish va imkon qadar shaxsiy transport vositasidan foydalanmaslikni tavsiya etish;
  • navbatchilik, shtablar va call-markazlar faoliyatidagi aloqa telefonlarining uzluksiz ishlashini nazoratga olish;
  • 2 kun muddatda 103 tez tibbiy yordam mashinalarini tibbiy anjom va dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini koʻzdan kechirib, yetishmovchiliklarni toʻldirish;
  • koʻchada xizmat qilayotgan yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlarini issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan taʼminlash.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling