Toshkentda fuqaro bankomatni buzib, undan 7,5 mln so'm pullarni o'g'irladi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari videokuzatuv kamerasi tasvirlari yordamida gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, qoʻlga olgan

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

Toshkent shahar Yashnobod tumanida bankomatni buzib, uning ichidan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqdaToshkent shahar IIBB matbbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, oʻgʻirlik 30-dekabr kuni soat tonggi 6:00 da tumandagi bankomatlardan birida sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, erkak 7,5 million soʻmni olib, voqea joyidan qochib ketgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari videokuzatuv kamerasi tasvirlari yordamida gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, qoʻlga olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169 (oʻgʻirlik) va 173-moddalari (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi hibsga olingan, tergov davom etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling