Buxoroda ayol birovning uyiga bostirib kirib, seyfidan 200 mln soʻm pullarini o'g'irlab ketdi

Gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish ochilgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Buxoroda yirik oʻgʻirlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, vodea 2022-yil 27-dekabr kuni Shirbudin mahallasida sodir boʻlgan. Unga koʻra, “Oʻrta Osiyo” mallasida yashovchi fuqaroning Buxoro shahar “Shirbudin” mahallasidagi xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonining hovlisidagi temirdan ishlangan seyfning ichida saqlanayotgan 200 mln soʻm naqd pullarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, nomaʼlum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻirlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Shirbudin koʻchasida yashovchi ayol sodir etganligi aniqlangan.

Hozirgida tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling