O'zbekiston TIV Afg'onistondagi portlash yuzasidan hamdardlik bildirdi

Terrorchilik harakati keskin qoralangan

Foto: Tasnim news

Foto: Tasnim news

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg'onistondagi portlash yuzasidan bayonot berdi.

Unda O'zbekiston 11-yanvar kuni Kobul shahrida Afg'oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralashini ma'lum qilgan.

"Ushbu qabih harakat ko'plab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab bo’ldi.

Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz", deyiladi bayonotda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling