Videodan kadr
Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasidan (RFKP) Samara viloyati dumasi deputati Mixail Abdalkin Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal majlisga qilgan murojaatini tomosha qilayotgan paytida qulogʻiga lagʻmon taqib oldi. Deputat bu haqdagi video va fotosuratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.
“Samara guberniyasi dumasi raisi oʻrinbosari M.Yu.Antimonova iltimosiga binoan prezidentning ikki soatlik murojaatini tingladim. Toʻliq qoʻllab-quvvatlayman, toʻliq qoʻshilaman, ajoyib nutq. Men soʻnggi 23 yil ichida bunday narsalarni eshitmaganman. Hayratdaman”, - deya izoh qoldirgan u oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling