18-yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 18-yanvar kuni oat 15:25 da “Amir Temur” mahallasidagi 12-koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻlgan. Oqibatda xonadonning 25 kvadrat/metr shift qismi va jihozlar yongan.
Xabarga koʻra, qutqaruv guruhi 15:30 da voqea joyiga yetib borib, 15:40 da yongʻinni bartaraf etgan. Koʻp qavatli uyning 300 kvadrat/metr maydoni saqlab qolingan.
Yongʻin elektr simining qisqa tutashuvi oqibatida sodir boʻlgani aniqlangan, shuningdek, keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Maʼlum qilinishicha, sodir boʻlgan hodisa oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling