Foto: Videodan lavha
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida halokatli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilsihicha, hodisa 4-yanvar kuni tumanning Chinor mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Unga koʻra, “Jiguli” haydovchisi oldinda ketayotgan “KamAZ”ga borib urilgan. Toʻqnashuv natijasida avtomobil agʻdarilib ketgan.
Oqibatda, “Jiguli” salonida boʻlgan ayol va bir yoshli bola olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Huquq-tartibot xodimlarining taʼkidlashicha, yoʻl-transport hodisasi haydovchining tezlikni oshirishi va haydovchining tajribasizligi tufayli sodir boʻlgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling