O'zbekiston hududlarida yog'ayotgan qor — foto, video

Toshkent shahridagi qor balandligi 20 smgacha yetdi

Foto: t.me/gallaorolliklar

Foto: t.me/gallaorolliklar

O'zbekistonga 9-yanvar kuni bir hafta davom etadigan anomal sovuq kirib kelishi ortidan deyarli barcha hududlarda kuchli qor yog'moqda. Repost.uz nashri hududlarda yog'ayotgan qor video va fotolarini bir joyga jamladi.

Toshkent shahrida yerlarda qor qoplami 10 sm dan 20 sm gacha shakllandi. Poytaxtda soat 09:00 da havo harorati -6.2 daraja sovuqni tashkil etgan va qor yogʻishda davom etmoqda.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani togʻli “Kul” meteorologik stansiyasida ham shamol bilan birga qor yogʻayotgani haqida ma'lumot berilgan.

Samarqand shahrida kun yorishmasidan avval qor qalinligi shunday ko'rinishga yetgan. havo harorati esa 0° C ni tashkil qilmoqda.

Foto: t.me/gallaorolliklar

Foto: t.me/gallaorolliklar

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida qor qoplami qalinligi qariyib yarim metrga yetgan.

Jizzaxning Forish tumani “Yangiqishloq” meteorologik stansiyasida qor qoplami qalinligi 34 smga borgan. Stansiyada tuni bilan 31 mm yogʻin (yomgʻir-qor) yoqqan.

Viloyatning boshqa “Doʻstlik” kuzatuv stansiyasida qor qalinligi 38 sm gacha yetgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling