foto: t.me/Energoinspeksiya
Joriy yilning 15-fevral kuni Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 119 ta holatda 6,3 mln kVt/soat miqdoridagi (jami 2,6 mlrd soʻm) elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Xususan, elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanishi natijasida Namangan shahrida 646 mln soʻm, Samarqand viloyatida 275 mln soʻm, Toshkent viloyatida 187 mln soʻm qayta hisob-kitob amalga oshirilgan.
“Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchilarning elektr qurilmalari tarmoqdan ajratilib, holat boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”,- deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling